To‘xtamurod Jumayev nomidagi Qorako‘l matematika olimpiadasiga start berilmoqda

Qorako‘l maktabi asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi, "Buyuk xizmatlari uchun ordeni" sohibi,  Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, "Bugungi kunimizning haqiqiy maʼrifatparvari, davrimizning Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi" deya eʼtirof etilgan ustoz To‘xtamurod Jumayev 1945-yil 15-avgust kuni Buxoro viloyatida tavallud topgan. Uzoq yillar davomida Qorako'l tumanidagi maktabda matematika o'qituvchisi, keyinchalik direktor vazifasida faoliyat yuritgan.

Faoliyati davomida o‘ziga xos yangi uslub maktabini yaratib, uni respublika darajasidagi taʼlim dargohiga aylantirgan  mohir pedagog, taʼlim fidoyisi To‘xtamurod Jumayevning yorqin xotirasiga bag‘ishlab matematika olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Batafsil yuqoridagi videorolik va 
t.me/Qorakololimpiadasi telegramm kanali orqali tanishishingiz mumkin.