Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabga Prezident sovrini – 500 mln. so‘m pul mukofoti topshirildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-5 avgust kunlari Toshkent shahrida Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Bugun poytaxtimizdagi “Simpoziumlar saroyi”da mazkur tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Taqdirlash marosimida tanlovning final bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablarga belgilangan pul mukofotlari topshirildi.

Unga ko‘ra:
1-o‘rinni egallagan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 97- maktab jamoasi – 500 million so‘m;

2-o‘rinni egallagan Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 40-maktab jamoasi – 400 million so‘m;

3-o‘rinni egallagan Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 5-maktab jamoasi – 300 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Batafsil:👉https://uzedu.uz/y3/news/655