Xalq ta’limi vaziri Prezident sovrini uchun bellashayotgan iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov kuni kecha Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi yakuniy bosqichida ishtirok etayotgan o‘quvchilar bilan uchrashish maqsadida poytaxtimizdagi “City Palace Hotel Tashkent” mehmonxonasiga bordi.

O‘zaro do‘stona davra stoli atrofida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida vazir vazir o‘quvchilarning tanlov jarayonlariga oid taassurotlari va kelgusi rejalari bilan qiziqdi. Ularning kelajak maqsadlari va bu yo‘lda olib borayotgan izlanishlari, ustozlari va ota-onalari bilan munosabatlari xususidagi qiziqarli fikrlariga quloq tutdi.

Batafsil: 👉https://uzedu.uz/y3/news/653