O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining so'nggi - respublika bosqichi ochilish marosimi.

Ayni daqiqalarda Agentlik va Xalq ta'limi vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining so'nggi - respublika bosqichi ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

▪️Mazkur marosimda Agentlik direktori Sanjar Obidov so'zga chiqib, mamlaktimizda xorijiy tillarga bo'lgan e'tibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tashabbus, loyihalar, yoshlar uchun chet tillarini bilish ahamiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib, tanlovda ishtirok etayotgan barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tiladilar. 

📌 Ma'lumot o'rnida, ochilish marosimidan so'ng ishtirokchilar tilning 4 ko'nikmasi bo'yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun imtihon xonalariga yo'l olishadi.

✅ Eslatib o'tamiz, tanlov g'oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:

•  1 o‘rin – 500 mln so‘m
•  2 o‘rin – 400 mln so‘m
•  3 o‘rin – 300 mln so‘m