2022-yilgi Xalqaro nemis tili olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

✅ Joriy yilning 26-iyul kuni Germaniya Federativ Respublikasi Gamburg shahrida Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) boshlandi va ushbu olimpiadada O‘zbekistonlik 2 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada an'anaviy tarzda (offlayn) tashkil etilgan bo'lib, unda dunyoning 75 ta davlatidan iqtirodli o'quvchilar ishtirok etishmoqda.

Ishtirokchilarimiz bilan tanishing: 
✅ A-2 guruhdan:
Usmonov Abdunosir Abdulloyevich - Buxoro viloyati, Buxoro shahri  4-IDUM, 9-sinf o‘quvchisi;

✅ B-2 guruhdan:
Alieva Farida Fuad qizi - Toshkent shahar 60-maktab, 9-sinf o‘quvchisi.

Xalqaro nemis tili olimpiadasining yakuniy natijalari 5-avgust kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.