28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) natijalari e'lon qilindi.

2022-yilning 30-iyun — 6-iyul kunlari Indoneziya davlati tashkilotchiligida o'tkazilgan 28-Xalqaro matematika musobaqasida (IMC) dunyoning 31 davlatidan yosh matematiklar ishtirok etdi. Kichik yosh toifasida 78 jamoa, katta yosh toifasida 69 jamoa o'quvchilari o'zaro bellashishdi. Bugun mazkur musobaqaning yakuniy natijalari e'lon qilindi. 

🔷Musobaqaning yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarida o'quvchilarimiz 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Kichik yosh toifasida (key stage 2):
Qadirbergenov Timur (Nukus shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi) - Bronza medal

Katta yosh toifasida (key stage 3):
Raxmatov Anvar (Buxoro viloyati Qorako'l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi o'quvchisi) - Bronza medal

Ushbu natijalar bilan barcha ishtirokchilarni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini tabriklaymiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep