Bugun Indoneziya davlati tashkilotchiligida 28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston jamoasi o'quvchilari V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etishmoqda. Olimpiadada ikki xil:  kichik (key stage 2) va katta (key stage 3) yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Jarayonlar tashkiliy qo‘mita tomonidan Zoom platformasi orqali kuzatib borilmoqda. Olimpiada topshiriqlarini bajarish uchun  ajratilgan vaqt yakunlangach, o‘quvchilarning yozgan ishlari jamoa rahbarlari tomonidan tashkiliy qo‘mitaga yuboriladi. Xalqaro olimpiada natijalari 6-iyul kuni e'lon qilinadi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep