2022-yilning 30-iyun – 6-iyul kunlari Indoneziya davlati tashkilotchiligida 28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) bo‘lib o‘tadi.

Mazkur mintaqaviy olimpiadada ishtirokchilar yakka hamda jamoaviy tartibda o’zaro bellashadilar. Olimpiadada ikki xil:  kichik (key stage 2) va katta (key stage 3) yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi. 
Tashkilotchilar tomonidan, kichik yosh toifasidagi o’quvchilar 2008-yil 29-iyundan – 2009-yil 30-iyungacha bo’lgan davrda, katta yosh toifasidagi o’quvchilar esa 2005-yil 29-iyundan – 2006-yil 30-iyungacha bo’lgan davrda tug’ilgan bo’lishlari belgilab qo’yilgan.
 
28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 2022-yil bo’lib o’tgan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi hamda Al-Xorazmiy olimpiadasining Respublika bosqichi natijalari asosida shakllantirildi:

Kichik yosh toifasidagi o’quvchilar:
1. Raxmonov Ziyovuddin - Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani  6-maktab o’quvchisi;
2. Qadirbergenov Timur - Nukus shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi;
3. Muxtoraliyev Yorqinjon - Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 1-IDUM o'quvchisi;
4. Alaxonov Duraxshon - Jizzax viloyati Jizzax shahar 22-IDUM o’quvchisi.

Katta yosh toifasidagi o’quvchilar:
1. Raxmatov Anvarbek - Buxoro viloyati Qorako‘l tumani  Xalqaro matematika maktabi o’quvchisi;
2. Xolmatov Jaloliddin - Toshkent shahar Omazor tumani AFIDUM o’quvchisi;
3. Sadulloyev Anvarbek - Buxoro viloyati Peshku tumani 18-maktab;
4. Suyunova Madina - Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-IDUM o’quvchisi.

Jamoa rahbarlari:
1. Ganixodjayev Nosir - V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori
2. Boltayev O’tkir – Nufuzli xalqaro olimpiadaning kumush va bronza medallari sohibi 
 
Joriy yilgi mintaqaviy xalqaro olimpiada onlayn tarzda bo’lib o’tadi hamda barcha jarayonlar tashkiliy qo‘mita tomonidan Zoom platformasi orqali kuzatib boriladi. Xalqaro olimpiadada o’quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep