O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Abdullayevich Ayupov  hamda Xalqaro matematika olimpiadasi(IMO)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi rahbarlari va a’zolari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

🔸Bugun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika Instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Abdullayevich Ayupov  hamda Xalqaro matematika olimpiadasi(IMO)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi rahbarlari va a’zolari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda matematika fanining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, boshqa fanlar bilan integratsiyasi va bu fanning kelajagi haqida suhbatlashildi. 

Sh.A.Ayupov terma jamoa a’zolariga o‘zlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, zaruriy maslahat va ko‘rsatmalar berdi. O‘quvchi-yoshlarga kelgusida ilm-fan sohasidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar va xalqaro olimpiadalarda omad tiladi.

🔸Uchrashuvda uzoq yillar matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda  O‘zbekiston terma jamoasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan, bugungi kunda ham terma jamoani saralash, ularni tayyorlash va ishtiroki bo‘yicha doimiy maslahatlar berib kelayotgan ustoz fizika-matematika fanlari doktori, professor G‘anixo‘jayev Nosir Nabiyevich ham ishtirok etib, yoshlarga o‘z tajribalari asosida kerakli va zaruriy maslahatlar berdi va ularga xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini aytib omad tiladi.  
 
🔸Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 1997 yil Argentinada o‘tkazilgan 38-Xalqaro matematika olimpiadasi(IMO)da 3 nafar ishtirokchi, 1999 yil Ruminiyada o‘tkazilgan 40-Xalqaro matematika olimpiadasi(IMO)da ilk bor 6 nafar a’zolardan iborat to‘liq jamoa sifatida ishtirok etgan. Hozirga qadar terma jamoamiz a'zolari tomonidan 10 ta kumush va 28 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. 
Joriy yilning 6-16 iyul kunlari Norvegiyaning Oslo shahrida 63-Xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi va mazkur nufuzli olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ushbu xalqaro olimpiadada terma jamoamiz a'zolariga omad tilab qolamiz!

🤲 Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep