Yozgi onlayn olimpiadalar boshlanmoqda.

Navbatdagi onlayn olimpiadalar 2022-yil 27-iyun — 4-iyul kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya hamda Ingliz tili fanlaridan 4-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, yuqoridagi grafik asosida o‘tkaziladi.
Olimpiadada ishtirokchilarga 20 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi va ularni bajarish uchun 1 soat vaqt ajratiladi. 

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun o‘quvchilar ro‘yxatdan o'tishi shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn
 (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn)Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘z ta'lim muassasalari tomonidan tizimda tasdiqlanishi kerak. 

📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi. 📈

⭕️Tizimdan oldin ro'yxatdan o‘tgan lekin hozirda login parolini eslay olmayotgan o‘quvchilar o‘z ta'lim muassasalariga murojaat qilib, o‘z login parollarini bilib olishlari mumkin. 

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep