Olimpiada ishtirokchilari sayohatga olib borildi. Ular qadimiy Chashma ziyoratgohida bo‘lishdi.

🔷Navoiy viloyatida kecha boshlangan fan olimpiadalari IV (respublika) bosqichida dastlabki sinovlarni topshirib chiqqach, 14 ta hududdan kelgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari, ota-onalari qadimiy Nurota shahrining “CHASHMA” memorial kompleksiga sayohatga olib borildi. Ular bu yerda “Chilustun” masjidi, ko‘hna Ark, chashma va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qilib, katta taassurot olishdi.
“Yaxshi dam – mehnatga hamdam”, deganlaridek hordiq chiqarib, mamlakatimizning turistik markazlaridan biri bo‘lgan, mashhur ziyoratgohdan ko‘ngli to‘lib qaytgan o‘quvchilarimiz bugun sinovlarning navbatdagi bosqichini davom ettiradi.