Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi

1. Ona tili va adabiyoti (maxsus);
2. Matematika (maxsus) fanlaridan asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichi TOSHKENT SHAHARIDA 8-11-iyun kunlari tashkil etiladi.

📍Olimpiada Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan 102-sonli maxsus maktab internatida bo‘lib o‘tadi. 
👉GEOLOKATSIYA

 ✅ Olimpiada ishtirokchilari (o‘quvchilar hamda bir nafardan viloyat mas'ullari) yotoqxonaga joylashtiriladi hamda ovqatlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

📅 Kun tartibi:
8-iyun: ishtirokchilar kutib olinadi;

9-iyun: olimpiadasining ochilish marosimi va olimpiadaning birinchi turi (yozma ish) o‘tkaziladi;

10-iyun: olimpiadaning ikkinchi turi (test sinovlari) o‘tkaziladi hamda olimpiadaning tantanali yopilish marosimi tashkil etiladi;

11-iyun: olimpiada ishtirokchilarini o‘z uylariga mas'ullar hamrohligida qaytishlari mumkin.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep