Asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichi 

1. Kimyo;
2. Biologiya;
3. Informatika va axborot texnologiyalari;
4. Rus tili va adabiyoti;
5. Qoraqalpoq tili va adabiyoti;
6. Qozoq tili fanlaridan asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichi NAVOIY VILOYATIDA 8-11-iyun kunlari tashkil etiladi.

📍Olimpiada Navoiy viloyati, Navoiy shahar 8 sonli informatika va axborot texnologiyalariga chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan tayanch maktabda bo‘lib o‘tadi. 
👉GEOLOKATSIYA

 ✅ Olimpiada ishtirokchilari (o‘quvchilar hamda bir nafardan viloyat mas'ullari) yotoqxonaga joylashtiriladi hamda ovqatlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

📅 Kun tartibi:

8-iyun: ishtirokchilar kutib olinadi;

9-iyun: olimpiadasining ochilish marosimi va olimpiadaning birinchi turi (yozma ish) o‘tkaziladi;

10-iyun: olimpiadaning ikkinchi turi (test sinovlari) o‘tkaziladi hamda olimpiadaning tantanali yopilish marosimi tashkil etiladi;

11-iyun: olimpiada ishtirokchilarini o‘z uylariga mas'ullar hamrohligida qaytishlari mumkin.

❗️Olimpiada bo'yicha savollar bo'lsa yoki ma'lumotlar olish uchun 90-619-26-60  (Narziyev Azamjon - Navoiy viloyatidan mas'ul) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep