Jizzax viloyatida asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichi 

Asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichi 

1. Matematika;
2. Fizika;
3. Ingliz tili;
4. Nemis tili;
5. Fransuz tili fanlaridan asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichi JIZZAX VILOYATIDA 2-5-iyun kunlari tashkil etiladi.

📍Olimpiada Zarbdor tumanida joylashgan Bo‘ston shaharchasidagi maxsus maktab-internatida bo‘lib o‘tadi. 
👉GEOLOKATSIYA

✅ Olimpiada ishtirokchilari (o‘quvchilar hamda bir nafardan viloyat mas'ullari) yotoqxonaga joylashtiriladi hamda ovqatlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

📅 Kun tartibi:

2-iyun: ishtirokchilar kutib olinadi;

3-iyun: olimpiadasining ochilish marosimi va olimpiadaning birinchi turi (yozma ish) o‘tkaziladi;

4-iyun: olimpiadaning ikkinchi turi (test sinovlari) o‘tkaziladi hamda olimpiadaning tantanali yopilish marosimi tashkil etiladi;

5-iyun: olimpiada ishtirokchilarini o‘z uylariga mas'ullar hamrohligida qaytishlari mumkin.

❗️Olimpiada bo'yicha savollar bo'lsa yoki ma'lumotlar olish uchun 91-598-58-84, 93-302-77-10 (Rasulova Dilorom - Jizzax viloyatidan mas'ul) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep