Asia-Pacific Informatics Olympiad-2022 (APIO)

🔹Bugun informatika va axborot texnologiyalari fanidan Misr davlati tashkilotchiligida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi-2022 (APIO) o'tkazilmoqda. Bu yil mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiadada dunyoning 35 davlatidan 300 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. 

🔹Xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga nufuzli xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) darajasidagi topshiriqlar beriladi hamda ularni ishlash uchun 5 soat vaqt ajratiladi.

🔹Mintaqaviy olimpiadada yurtimizning 14 nafar yosh informatiklari ham onlayn tarzda ishtirok etishmoqda. Mazkur xalqaro olimpiada natijalari yaqin kunlarda e'lon qilinadi. O'quvchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep