Bugun Hindiston davlati tashkilotchiligida masofaviy (onlayn) shaklda o‘tkazilayotgan 22-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da 8 nafar O'zbekiston terma jamoasi o'z kuchlarini sinab ko'rmoqda.

🔸Bugun Hindiston davlati tashkilotchiligida masofaviy (onlayn) shaklda o‘tkazilayotgan 22-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da 8 nafar O'zbekiston terma jamoasi o'z kuchlarini sinab ko'rmoqda. Olimpiada jarayonlari Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan 22-maktabda tashkil etilgan.

🔸Ushbu olimpiadada 27 ta davlat ishtirok etmoqda. Olimpiada 2 ta turdan (nazariy, amaliy) iborat bo'lib hozirda o'quvchilarning nazariy bilimlarini sinovdan o'tkazish uchun 3 ta topshiriq taqdim etilgan. Topshiriqlarni bajarish uchun esa 5 soat vaqt ajratilgan. 27-may kuni esa olimpiadaning ikkinchi (amaliy) turi bo'lib o'tadi.

🔸Bundan tashqari Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etib, eng yuqori ball to'plagan 5 nafar ishtirokchi nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi(IPhO)da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep