Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari aniqlandi

Joriy yilda Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi (IEO 2022)  SKT Education Group va Xitoyning Sian Jiaotong-Liverpul universiteti tomonidan onlayn tarzda o'tkazilishi belgilangan. Xalqaro Iqtisod olimpiadasi biznes va moliya yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari uchun har yili o‘tkaziladigan xalqaro olimpiada hisoblanadi. 
Xalqaro Iqtisodiyot olimpiadasining maqsadi – iqtidorli yoshlarni kashf etish, rag‘batlantirish va e’tirof etish va xalqlararo do‘stona munosabatlarni mustahkamlash. 

Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga nazariy va amaliy topshiriqlar taqdim etiliadi hamda moliyaviy savodxonlik  bo'yicha bilamlari sinovdan o‘tkaziladi shuningdek, ingliz tilida loyiha taqdimoti(business case)ni bajarishadi va himoya qilishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu olimpiadada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari bilan tanishing: 

1. Kurbanov Ali Sanat o‘g‘li, Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Cambridge School of IT and Economics 8-sinf o‘quvchisi;

2. Muxtoroxonov Muxammadxon Muzrobxon o‘g‘li, Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Cambridge School of IT and Economics 9-sinf o‘quvchisi;

3. Abdumo‘minov Jaloliddin Jahongir o‘g‘li, Farg‘ona viloyati, Prezident maktabi. 9-sinf o‘quvchisi;

4. Abdullajonov Azizbek Doniyorbek o‘g‘li, Andijon viloyati, Prezident maktabi. 9-sinf o‘quvchisi;

5. Olimov Abbos Alijon o‘g‘li, Buxoro viloyati, Peshku tumani, 9-IDUM, 9-sinf o‘quvchisi.

Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar bilan tanishish uchun bu yerga bosing. 👉https://ecolymp.org/