MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI RESPUBLIKA MATEMATIKA OLIMPIADASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Joriy yilning 25-26 oktyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi respublika matematika olimpiadasi o‘tkazildi. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur olimpiadada eng iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilimlarini namoyon qildi.

Jumladan, hakamlar hay’ati tomonidan G‘ijduvon tumanidagi 5-IDUMning 10-sinf o‘quvchisi Diyorbek Tolipov 1-o‘ringa munosib deb topildi. Shuningdek, Buxoro viloyati, BDU qoshidagi Qorako‘l akademik litseyning 2-kurs o‘quvchisi Shahboz Hasanov 2-o‘rin hamda Peshku tumanidagi 18-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Jahongir Norboyev 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib o‘quvchilar esdalik sovg‘alari hamda diplom bilan taqdirlandi.