Oʼzbekistonlik oʼquvchilar 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush va bronza medallarni qoʼlga kiritdi

      Joriy yilda butun dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni inobatga olib 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi 25 iyulь kuni masofaviy tarzda oʼtkazildi.
Kimyo fanidan eng nufuzli hisoblanadigan mazkur olimpiadada dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar iqtidorli oʼquvchi ishtirok etdi.
Olimpiadada Oʼzbekiston sharafini 2018-2019 oʼquv yilida respublika fan olimpiadasida va qoʼshimcha respublika olimpiadasi gʼoliblari orasidan saralab olingan 4 nafar iqtidorli oʼquvchi himoya qilib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
Mirumid Mirakbarov (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey) (kumush medalь)
Dilshodaxon Isaeva (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey) (kumush medalь)
Firdavs Sobirov (35-maktab, Buxoro shahri) (bronza medalь) 
Аkobir Narzullaev (49-maktab, Buxoro viloyati, Jondor tumani) (diplom)
Joriy yilgi olimpiadada oʼquvchilar laboratoriya kimyoviy tajribalarisiz, faqat nazariy bosqichni oʼtkazishdi. Olimpiada sinov jarayonini nazoratchilar 4ta vebkamera yordamida kuzatib borishdi.
Masofaviy olimpiada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litseyda sanitariya gigiena hamda karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etildi. 
52-Xalqaro kimyo olimpiadasi Turkiyaning Istanbul shahrida oʼtkazilishi rejalashtirilgan edi. Аmmo koronavirus pandemiyasi tufayli rejalar oʼzgartirilib, masofaviy oʼtkazildi. Gʼoliblarning medallari va diplomlari Turkiyadagi tashkiliy qoʼmita tomonidan pochta orqali joʼnatiladi.

Quyida yopilish marosimini tomosha qiling: