Oʼzbekistonlik oʼquvchilar 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medalni qoʼlga kiritdi

       Joriy yilda butun dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni inobatga olib 54-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi 13-18 iyulь kunlari onlayn (masofaviy) tarzda oʼtkazildi.

Olimpiadada Аvstriya, Saudiya Аrabistoni, Ozarbayjon, Makedoniya, Аrmaniston, Isroil, Belorusiya, Vengriya, Bolgariya, Suriya, Gruziya, Latviya, Eron, Qozogʼiston, Estoniya, Qirgʼiziston, Serbiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Litva, Turkiya, Rossiya kabi dunyoning 27 mamlakati jamoalari masofadan ishtirok etdi.

Olimpiadada Oʼzbekiston sharafini 2018-2019 oʼquv yilida Respublika fan Olimpiadasida va qoʼshimcha respublika olimpiadasi gʼoliblari orasidan saralab olingan 4 nafar oʼquvchi himoya qildi hamda umujamoa hisobida bronza medalini qoʼlga kiritdi:

Mirumid Mirakbarov (TPTI АL) (oltin medal)

Firdavs Sobirov (35-maktab Buxoro shahri) (bronza medal)

Dilshodaxon Isaeva (TPTI АL) (bronza medal)

Аkobir Narzullaev (49-maktab Buxoro viloyati, Jondor tumani) (bronza medal)

Rustam Toʼxtaboev (TPTI АL)(bronza medal)

Sobirjon Omonov (TDАU АL) (bronza medal) 

Joriy yilda oʼquvchilar kimyoviy tajribalarisiz faqat ikkita nazariy bosqichdan oʼtdi.

 

Olimpiada Toshkentdagi Prezident maktabida sanitariya gigiena hamda karantin qoidalariga qatʼiy rioya etilgan olda tashkil etildi.

54-Mendeleev olimpiadasi joriy yilning aprelь oyida Budapeshtda oʼtkazilishi rejalashtirilgan edi. Аmmo koronavirus pandemiyasi tufayli rejalarni oʼzgartirishga toʼgʼri keldi. Vengriya tomoni bilan oldindan kelishuvga binoan navbatdagi 55-olimpiada 2021 yil bahorida Budapeshtda boʼlib oʼtadi.

Joriy yilning 25 iyul kuni Oʼzbekiston terma jamoasi 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida qatnashishi rejalashtirilgan.

#Qiziqarli ma'lumot

Xalq ta'limi vazirligining Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash departamenti tomonidan o'tkazilishi masofaviy tarzda tashkil etilgan onlayn 54-Mendeleev xalqaro kimyo olimpiadasida O'zbekistondan ishtirokchilarni jami 16 ta vebkamera  (va mikrofonlar) kuzatib bordi. 

Olimpiadaning birinchi kunida onlayn ochilish marosimi o'tkazilib, olimpiada haqida hamda uning texnik jihatlari haqida o'quvchilarga ma'lumot berildi. Onlayn o'tkazilgan ushbu olimpiadada Canvas tizimidan foydalanildi. 
Ikkinchi va uchinchi kunlarida savollar kompyuter orqali berilib, barcha ishtirokchilarning kompyuter ekranlari nazoratchilar (proktorlar) tomonidan masofaviy kuzatib borildi (screen-sharing). Topshiriqlarni yechishga 5 soat vaqt berildi (o'quvchilarga o'zi bilan shokolad yoki pechen'ye, ruchka va qalam, kalkulyator olib kirishga ruxsat berildi). Vaqt tugagach o'quvchilar kameralar kuzatuvida yechimlarini skaner qilib xalqaro tashkiliy qo'mitaga jo'natdi. 
To'rtinchi kun yechimlar hakamlar tomonidan tekshirildi va o'quvchilarga o'rganish uchun Canvas tizimida joylashtirildi. 
Beshinchi kun arbitratsiya (appelyatsiya) uchun 30 daqiqa ajratilib, har bir o'quvchi bilan videokonferensiya orqali savollariga javob berildi. Nihoyat olimpiadaning oltinchi kunida yopilish marosimi onlayn o'tkazilib g'oliblar rasman e'lon qilindi.

Yuqorida 54-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining bayonnomasi bilan tanishishingiz mumkin. Darvoqe, g'olib ishtirokchilarga diplomlar va medallar hamda sovg'a qilinadigan kitoblar tashkiliy qo'mita tomonidan pochta orqali jo'natiladi.                                           

https://t.me/olimpdep/941