56-XALQARO MENDELEYEV OLIMPIADASI

Joriy yilning 10-15-may kunlari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

10-may kuni olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va tadbirni Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ochib berdi va olimpiada qatnashchilariga omad tiladi.

Shundan so’ng Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi raisi, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi Stepan Kalmikov, Mendeleyev olimpiadasi hakamlar hay'ati va uslubiy komissiyasi raisi, Moskva davlat universiteti organik kimyo kafedrasi mudiri, professor Valentin Nenaydenko, ''O'zkimyosanoat '' aksiyonerlik kompaniyasi boshqaruv raisi Jo'rabek Mirzamaxmudov  ham so'zga chiqib, mehmonlar va tadbir ishtirokchilarini samimiy tabrikladi.

 

 

 

15-may kuni O’zbekistonda uchinchi marotaba o’tkazilayotgan (2008, 2013, 2022yillar) Xalqaro Mendeleev olimpiadasining yopilish marosimi Yangi O’zbekiston bog’ida bo’lib o’tdi.

 

 

 

O’zbekistonlik o’quvchilar mazkur xalqaro olimpiadada 1 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo’lga kiritdi.

56-XALQARO MЕNDЕLЕYЕV KIMYO OLIMPIADASI O‘ZBЕKISTON  JAMOASI NATIJALARI:

🥇OLTIN MEDAL

1.Jamolov Azimjon Ravshan o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi

🥈KUMUSH MEDAL

2. Badalova Maftuna Lutfullo qizi - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi

3. Boymahamadov Ikromiddin Axmadjon o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi

4. Gafarov Emirali Aliеvich - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi;

5. Mahmudov Abdulloh Alishеr o‘g‘li - Toshkеnt shahridagi 81-IDUM o‘quvchisi.

🥉BRONZA MEDAL

6. Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi;

7. Nazarov Azizbеk Farrux o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi;

8. Shaymatov Shеrzod Shaxobiddin o‘g‘li - Navoiy shahridagi 11-AFCHO‘IM o‘quvchisi, BRONZA MEDAL

9. Mеliqo‘ziеv Ozodbеk Erkinjon o‘g‘li - Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 2-IDUMI o‘quvchisi, BRONZA MEDAL

10. Ergashеv Murodbеk Anvarovich- Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 68-DIMI o‘quvchisi

Hozirga qadar O’zbekistonlik yoshlar Xalqaro Mendeleev olimpiadasida hozirga qadar Xalqaro Менделеев olimpiadasida jami 85 ta (8 ta oltin, 24 ta kumush, 53 ta bronza) medallarni qo’lga kiritgan(bu yilgi medallar bilan birgalikda).

G’oliblarni va ularning ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz.

Barcha ishtirokchilarga bundan keyingi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.