“Sizlardan umidimiz katta” — Xalq taʼlimi vaziri Oʼzbekiston sharafini xalqaro arenalarda himoya qiladigan oʼquvchilar bilan uchrashdi

Bugun Xalq taʼlimi vazirligida matematika, kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlaridan nufuzli Xalqaro olimpiadalarda Oʼzbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoa aʼzolari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. 

Uchrashuv avvalida Xalq taʼlimi vaziri kuni kecha Oʼzbekistonda oʼtkazilgan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida gʼolib boʼlgan oʼzbekistonlik 10 nafar oʼquvchini gʼalaba bilan qutlar ekan, ularga kelgusi nufuzli Olimpiadalarda ham ulkan yutuqlar tiladi va esdalik sovgʼalar taqdim etdi. 

Oʼquvchilar bilan suhbat jarayonida ularning kelgusida oldilariga qoʼygan maqsadlari, tanlagan kasblari va rejalari haqida soʼz bordi. 

Vazir oʼquvchilarning gʼalaba qozonishlari uchun bugun barcha sharoitlar muhayyoligi, ulardan esa oʼz ustilarida qattiq ishlab Vatanimiz bayrogʼini yuksaklarga koʼtarishlari talab etilishini qayd etib, ulkan zafarlar tiladi