Xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi.

2022-yil 18-19-may kunlari xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II yakuniy bosqichi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institida o‘tkaziladi. 

✅Nazorat materiallari ishtirokchilarga ingliz tilida beriladi va g‘oliblar sinflarga ajratilmagan holda aniqlanadi olimpiada jarayonlari 19-may kuni soat 10:00 da boshlanadi.

✅ Saralash olimpiadasi yozma ish va test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 35 ta test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan yopiq test) va 3 ta masaladan iborat yozma ish topshiriqlari taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi. 
Test topshiriqlarining har bir to‘g‘ri javobi 2 ball bilan, yozma ishning har bir masalasi 10 ball bilan baholanadi, jami 100 ball.

✅ Natijalarga ko‘ra, g‘olib o‘rinlar uchun bir nechta ishtirokchilarning ballari teng bo‘lgan taqdirda, yozma ish qismi bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi. Аgar u ham teng bo‘lsa, g‘oliblikka da’vogarlarga 5 ta test taqdim qilinadi va buning natijasida yuqori bal egallagan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi.

Xalqaro iqtisod olimpiadasi to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar bilan tanishish uchun bu yerga bosing. 👉https://ecolymp.org/

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep