O‘zbekiston terma jamoasi o‘quvchilarini nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlashda xorijiy mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)da ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari hamda saralash olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etgan 9-10-sinf o‘quvchilari bilan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Moskva Davlat Universitetidan xorijiy mutaxassislar jalb qilinmoqda.

Biologiya fanlari nomzodi Nosov Georgiy Andreevich o‘quvchilar bilan biologiya fanining "Biokimyo" va "Bioinformatika" bo‘limlari bo‘yicha nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. 

33-Xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari "O‘zbekiston" mehmonxonasiga joylashtirildi va ularni xalqaro olimpiadaga tayyorlanishlari uchun kerakli barcha sharoitlar yaratildi.

Olib borilayotgan dars jarayonlari videotasvirga olinib, Xalq ta'limi vazirligining rasmiy veb saytlariga joylashtirish rejalashtirilgan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz