May-Iyun oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadalarning reja jadvali bilan tanishing.

🔸Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichi 2022-yil 26-29-may kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida;

🔸2022-yil 18-19-may kunlari xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II (yakuniy) bosqichi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida;

🔸Asosiy fan olimpiadasining to‘rtinchi (respublika) bosqichi quyidagi viloyatlarda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda:
🔹2-5-iyun—Jizzax viloyatida Matematika, Fizika, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili fanlaridan;
🔹2-5-iyun—Samarqand viloyatida Tarix, Geografiya, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili, Tojik tili fanlaridan;
🔹8-11-iyun—Navoiy viloyatida Kimyo, Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
🔹8-11-iyun—Toshkent shahrida Matematika (maxsus maktablar uchun), Ona tili va adabiyot (maxsus maktablar uchun) fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

❗️Rasmiy tasdiqlangan sanalar va olimpiada o‘tkaziladigan joylarni bilish uchun kanalimizni doimiy kuzatishda davom eting.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep