“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining ikkinchi (viloyat) bosqichi yakuniga yetdi

Xalq ta’limi vazirligi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan joriy yilning 14, 21 va 28 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining  ikkinchi (viloyat) bosqichi barcha hududlarda o‘tkazildi.

✅ Ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-o‘rinni egallagan 14 ta maktablar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

❗️Eslatib o‘tamiz, tanlovning uchinchi (respublika) bosqichi 2022 yilning avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep