3-5-may kunlari - Bebras-2022 - bo'yicha xalqaro Bebras (nodavlat) musobaqasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

E’lon! 🎉🎉🎉
3-5-may kunlari - Bebras-2022  -  bo'yicha xalqaro Bebras (nodavlat) musobaqasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik darajasidan qat'iy nazar, barcha 5-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishga taklif etiladi.                                                 
Bebras xalqaro musobaqasi o‘quvchilarning  savodxonligi va ilmiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan. 
📅 Musobaqa o‘tkazilish jadvali:
🔸5-6-sinflar, 3-may soat 18:00 da;
🔸7-8-sinflar, 4-may soat 18:00 da;
🔸9-10-11-sinflar, 5-may soat 18:00 da;
 (Test sinovlari uchun 1 soat vaqt ajratiladi)

Musobaqa oo.uzedu.uz tizimida o‘tkaziladi.
Natijalar 6-may kuni soat 12:00 dan keyin shaxsiy kabinetingizda natijalar bo‘limida e'lon qilinadi.

🖥 Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn) shart!

❗️Oldin ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar login parollarini unutgan bo‘lsalar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tgan ta'lim muassasasiga murojaat qilib login parollarini bilib olishlarini mumkinligini ma'lum qilamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep