“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining ikkinchi (viloyat) bosqichi joriy yilning 21-aprel sanasida 5 ta hududda o‘tkazildi.

Xalq ta’limi vazirligi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining ikkinchi (viloyat) bosqichi joriy yilning 21-aprel sanasida 5 ta hududda o‘tkazildi.

🔸Surxondaryo viloyati;
🔸Buxoro viloyati;
🔸Namangan viloyati;
🔸Andijon viloyati;
🔸Farg‘ona viloyatlarida.

❗️ Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 28-aprel kuni o‘tkaziladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovning 🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (viloyat) bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin uchun – 250 million so‘m, 2-o‘rin uchun – 200 million so‘m, 3-o‘rin uchun – 150 million so‘m miqdorida pul mufofoti bilan taqdirlanadi.

✅ Mazkur tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-o‘rinni egallagan maktablar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep