Matematika fanidan nufuzli "Xalqaro matematika olimpiadasi" (IMO)da O'zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli o'quvchilar saralab olindi.

2022-yil 23-24-aprel kunlari matematika fanidan o'tkazilgan "Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi" natijalariga ko'ra  Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari saralab olindi. Yakuniy saralash bosqichida ishtirokchilarga 2 kun davomida xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari berildi hamda o'quvchilarning yozgan ishlari terma jamoa rahbarlari, xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar tomonidan tekshirildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi o'quvchilar xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi: 

✅ Rajabboyev Lazizbek Zafarjonovich - Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi 11-sinf o'quvchisi;

✅ Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich - Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi 10-sinf o'quvchisi;

✅ Bo‘riyev Iskandar Isroil o‘g‘li - Toshkent shahar Olmazor tumani, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi;

✅ Ro'ziboyev Jasurbek Jo'rabekovich - Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi 11-sinf o'quvchisi;

✅ To'lanov Tohirbek To'lqinbek o'g'li - Farg'ona viloyati Toshloq tumani, 1-sonli IMI 11-sinf o'quvchisi;

✅ Xolmatov Jaloliddin Xolmo‘minovich - Toshkent shahar Olmazor tumani, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi

Eslatib o'tamiz, 63-Xalqaro matematika olimpiadasi 2022-yilning 6-16-iyul kunlari Norvegiya davlatida o'tkazilishi, bunda ishtirokchi davlatlarning saralangan o'quvchilari hamda terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadada bevosita ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Mazkur nufuzli olimpiadada yurtimiz o'quvchilariga omad va zafarlar tilaymiz!