Biologiya fanidan nufuzli "Xalqaro biologiya olimpiadasi" (IBO)da O'zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli o'quvchilar saralab olindi.

2022-yil 23-24-aprel kunlari biologiya fanidan o'tkazilgan "Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi" natijalariga ko'ra   Xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari saralab olindi. Yakuniy saralash bosqichida ishtirokchilarga 2 kun davomida xalqaro olimpiada standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari berildi hamda o'quvchilarning yozgan ishlari terma jamoa rahbarlari, xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar tomonidan tekshirildi. Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi o'quvchilar xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi: 

✅ Abduvaliyeva Aziza Farhod qizi -  Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi;

✅ Muxtorov Azizbek Ilyos o‘g‘li - Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi;

✅ Tursunov Bexruz Farrux o‘g‘li - Mirzo Ulug'bek tumani 142-IDUM 10-sinf o'quvchisi;

✅ Sharifov Gʻolibjon Gʻulomjonovich -Buxoro viloyati Kogon tumani 3-maktab 9-sinf o'quvchisi.

Eslatib o'tamiz, 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi 2022-yilning 10-18-iyul kunlari Armaniston Respublikasida o'tkazilishi, bunda ishtirokchi davlatlarning saralangan o'quvchilari hamda terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadada bevosita ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Mazkur nufuzli olimpiadada yurtimiz o'quvchilariga omad va zafarlar tilaymiz!