Bugun fizika fanidan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Bugun fizika fanidan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi bo'lib o'tmoqda.
✅ Ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berildi, har bir topshiriq qiyinlik darajasiga ko‘ra turlicha ball bilan hamda barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 5 soat vaqt ajratiladi. 🔸Ushbu saralash bosqichida 8 nafar o'quvchi saralab olinadi hamda 23-31-may kunlari Hindiston davlati tashkilotchiligida masofaviy (onlayn) shaklda o‘tkaziladigan 22-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etadilar. 🔸Bundan tashqari Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etib, eng yuqori ball to'plagan 5 nafar ishtirokchi nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi(IPhO)da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. 🔸Saralash olimpiadasi jarayonlarini quyidagi havola orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin. 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
meet.google.com/hbv-mrev-nrg
📲 👉@olimpdep