XALQARO NEMIS TILI OLIMPIADASI (IDO)GA TERMA JAMOA A'ZOLARINI SARALASH BOSQICHI

🔸Joriy yilning 12 aprel kuni Gyote institutida xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO)ga saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda xar bir viloyatdan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida nemis tili fanidan 1-o‘rinni egallagan 9-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Tanlov bir kun davomida ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar ikki guruhga yani A2 va B2 darajaga bo‘linib ikki guruhdan birinchi o‘rin egalari aniqlanib xalqaro nemis tili olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

🔸Birinchi o‘rin egalari bilan tanishing:
A-2 guruhdan
Usmonov Abdunosir Abdulloyevich, Buxoro viloyati, Buxoro shahri  4-IDUM, 9-sinf o‘quvchisi;

B-2 guruhdan
Alieva Farida Fuad qizi, Toshkent shahar 60-maktab, 9-sinf o‘quvchisi;

🔸Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) joriy yilning avgust oyida Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

 


🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep