Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi.

✅ Saralash olimpiadasi 2022-yilning 17-aprel kuni fizika fanidan, 23-26-aprel kunlari matematika va biologiya fanlaridan hamda 7-8-may kunlari informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘tkaziladi.

✅ Saralash olimpiadasida fizika, matematika, biologiya hamda informatika  va axborot texnologiyalari fanlaridan saralash olimpiadasining II bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan hamda 2021-2022-o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etadi.  

✅  Saralash olimpiadasi ishtirokchilariga xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari beriladi.

✅ Nazorat materiallari quyidagi shaklda beriladi:

🔸🧲fizika fanidan – yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib, har bir topshiriq qiyinlik darajasiga ko‘ra turlicha ball bilan hamda barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 5 soat (300 minut) vaqt beriladi.

🔸🔬biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 5 ta topshiriq beriladi, har bir topshiriq qiyinlik darajasiga ko‘ra turlicha ball bilan hamda barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test topshirig‘i beriladi va test topshiriqlari umumiy 50 ball bilan baholanadi, jami 100 ball. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 3 soatdan (180 minut) vaqt beriladi.

🔸📐matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball bilan hamda barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan (270 minut) vaqt beriladi.

🔸🖥informatika va axborot texnologiyalari fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni 3 tadan masala berilib, har bir masala 100 ball bilan baholanadi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida qabul qilingan barcha masalalar umumiy 600 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 5 soatdan (300 minut) vaqt beriladi. Bir xil ball to‘plagan ishtirokchilarning reytingi jarima vaqtini hisobga olish orqali aniqlanadi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat  C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep