"Xalqaro moliya xavfsizligi olimpiadasi"

📢 Joriy yilning 16-20-may kunlari "Xalqaro moliya xavfsizligi olimpiadasi"ning saralash bosqichi onlayn tarzda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan va unda faqat 🇷🇺Rossiya fuqaroligi ega bo‘lgan 8-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkinligi belgilangan. 

✅ Bundan tashqari saralash olimpiadasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriat (1-3 kurs) va magistratura (1-kurs) yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari ham ishtirok etishlari mumkin. 

✅ Saralash olimpiadasi natijalari 2022-yilning sentyabr oyida e‘lon qilinadi va yakuniy bosqich 2022-yil 10-14-oktyabr kunlari Rossiyaning "Sirius" ta'lim markazida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash olimpiadasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 15-aprelga qadar davom etadi. (Eslatma: tashkiliy qo‘mita tomonidan ro‘yxatdan o‘tish muddati cho‘zilishi mumkin.) Olimpiadada qatnashish bepul.

❗️Batafsil ma‘lumotlarli quyidaga havola orqali olishingiz mumkin.
🔸Email: info@rosfinolymp.ru
🔸Web saxifa: https://rosfinolymp.ru