Fizika fanidan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi ishtirokchilari.

✅ Saralash olimpiadasi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida 2022-yil 17-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

✅ Saralash olimpiadasida yuqori natija qayd etgan 8 nafar o‘quvchilar joriy yilning 23-31-may kunlari Hindiston davlati tashkilotchiligida masofaviy (onlayn) shaklda o‘tkaziladigan 22-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep