O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining ikkinchi bosqichiga start beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining ikkinchi bosqichiga start beriladi
✅ Xalq ta’limi vazirligi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichi joriy yilning aprel oyida o‘tkazilishi belgilandi. ✅ Topshiriqlar Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda tuziladi. ✅ Viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi tanlovning keyingi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. ❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovning 🔰tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin uchun – 100 million so‘m, 2-o‘rin uchun – 75 million so‘m, 3-o‘rin uchun – 50 million so‘m miqdorida; 🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (viloyat) bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin uchun – 250 million so‘m, 2-o‘rin uchun – 200 million so‘m, 3-o‘rin uchun – 150 million so‘m miqdorida; 🔰respublika bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin uchun – 500 million so‘m, 2-o‘rin uchun – 400 million so‘m, 3-o‘rin o‘rin uchun – 300 million so‘m miqdorida mukofotlanadi. 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
Tanlovning birinchi tuman (shahar) bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 207 ta maktab mazkur bosqichda ishtirok etadi.
✅ Maktab terma jamoasining xorijiy tillarni bilish bo‘yicha natijalari 100 ballik tizim bo‘yicha baholash orqali amalga oshiriladi. Jumladan:
🔸tinglab tushunish (listening) — 25 ball;
🔸yozish (writing) — 25 ball;
🔸o‘qish (reading) — 25 ball;
🔸leksik-grammatik ko‘nikmalar — 25 ballarga taqsimlanadi.
✅ Xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz tillari) bilish darajasini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar umumta’lim maktablarining 7-9 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qish (reading), tinglab tushunish (listening) ko‘nikmalari hamda leksik-grammatik bilimlarini baholash uchun 12 tadan qiyinchilik darajasiga ko‘ra tasniflanadigan “A”,“B”,“C” bo‘limlardan tashkil topgan jami 36 ta test va topshiriqlardan hamda yozish (writing) ko‘nikmasini baholash uchun 1 ta topshiriqdan iborat bo‘ladi.
📲 👉@olimpdep