Bugun umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari o'rtasida Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralashning hududiy (viloyat) bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Olimpiadaning viloyat bosqichi hududlarda bir kun davom etadi, jarayonlar bir vaqtda soat 10:00 da boshlandi.

Olimpiadaning hududiy bosqichi test sinovi shaklida bo'lib o'tmoqda hamda o'quvchilarga 30 ta test topshirig'i ingliz tilida taqdim qilindi.

Mazkur bosqichda har bir hududda g'olib bo'lgan 3 nafardan o'quvchilar olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etadi. 

Olimpiadaning Respublika bosqichi g'oliblari 2022-yilning avgust oyida Xitoyning Suchjou ва Shanxay shaharlarida o'tkaziladigan Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO)da ishtirok etishi rejalashtirilgan.
  
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep