7-8-sinf o‘quvchilari o'rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy (viloyat) bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Olimpiadaning viloyat bosqichi hududlarda bir kun davom etadi, jarayonlar bir vaqtda soat 10:00 da boshlandi.

Olimpiadaning viloyat bosqichida har bir fan bo‘yicha 2021-yil dekabr oyida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy olimpidasining tuman bosqichida 1 – 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ta’lim muassasalarining 3 nafardan 7 – 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Mazkur bosqichda har bir fan kesimida g'olib bo'lgan 3 nafardan o'quvchilar olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etadi. 

Mazkur olimpiada g'oliblari kelgusida o'tkaziladigan xalqaro matematika musobaqasi (IMC), xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO) da ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasiga nomzod hisoblanadi.
  
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep