Xushxabar! O‘zbekistonlik o‘quvchilar 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi!

Joriy yilning 15-23 fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasi masofaviy tarzda tashkil etildi. Mazkur xalqaro olimpiada 2005-yildan boshlab, har yili Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi fizika-matematika milliy maktabida o‘tkazilib kelinmoqda va joriy yil Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Norvegiya, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 1178 nafar o‘quvchilar xalqaro olimpiadada ishtirok etishdi. Xalqaro olimpiadada O‘zbekistonlik o‘quvchilar ham munosib ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra 2 ta kumush hamda 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

18-Xalqaro Jautikov olimpiadasida g‘olib bo‘lgan O‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan tanishing:

Matematika fanidan: 
✅ Rajabboyev Lazizbek - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi, 11-sinf o'quvchisi, 🥈kumush medal sohibi;
✅ Hamroboyev Farruxjon - Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, 6-maktab, 11-sinf o'quvchisi, 🥉bronza medal sohibi;
✅ Xalelov Suxrob - Navoiy viloyati, Qorako'l IMI, 10-sinf o'quvchisi, 🥉bronza medal sohibi;
✅ Abdurasulov Xumoyun  - Buxoro viloyati, Olot tumani, 10-maktab, 🥉bronza medal sohibi; 
✅ Sadulloyev Anvarbek  - Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18-maktab, 10-sinf o'quvchisi,🥉bronza medal sohibi; 
✅ Suyunova Madina - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUMI, 9-sinf o'quvchisi,🥉bronza medal sohibi; 

Fizika fanidan: 
✅ Xasanjonova Madinabonu - Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S.Sirojiddinov akademik litseyi, 2-bosqich o'quvchisi,🥉bronza medal sohibi; 

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan: 
✅ Xo‘jayev Dilshodbek - Toshkent shahri, AFIDUM, 10-sinf o'quvchisi, 🥈kumush medal sohibi;

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep