O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanloviga start beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanloviga start beriladi.
🔰Xalq ta’limi vazirligi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 4 mart kuni o‘tkazilishi belgilandi.
🔰Test topshiriqlari Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda tuziladi. ✅ Tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi tanlovning keyingi viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. ✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (viloyat) bosqichi g‘oliblari ✅ Respublika bosqichi g‘oliblari 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
🔰 Tanlovda ishtirok etish uchun 8065 ta maktab elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
✅ Ushbu maktablarning xorijiy til o‘qitish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari baholanishi bilan bir qatorda terma jamoaga kiritilgan 5 nafar o‘quvchilarining xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz tillari) bo‘yicha bilimlari test sinovlari orqali baholanadi.
✅ Test topshiriqlari umumta’lim maktablarining 7-9 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xalqaro ta’lim standartlari (CEFR) asosida tayyorlangan 30 ta topshiriqlardan iborat.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari
1-o‘rin uchun – 100 million so‘m,
2-o‘rin uchun – 75 million so‘m,
3-o‘rin uchun – 50 million so‘m miqdorida;
1-o‘rin uchun – 250 million so‘m,
2-o‘rin uchun – 200 million so‘m,
3-o‘rin uchun – 150 million so‘m miqdorida;
1-o‘rin uchun – 500 million so‘m,
2-o‘rin uchun – 400 million so‘m,
3-o‘rin o‘rin uchun – 300 million so‘m miqdorida mukofotlanadi.
📲👉@olimpdep