Bugun Qozog'istonda 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasiga start berildi.

Joriy yilning 15-16 fevral  kunlari 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn tarzda(masofaviy) o'tkaziladi. 
Bunda, 3 nafar matematika, 2 nafar fizika, 2 nafar informatika va axborot texnologiyalari fanlarini chuqur o'zlashtirgan o'quvchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etmoqda.
Mazkur terma jamoa xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun o'tkazilgan 1-saralash bosqichi natijalariga ko'ra shakllantirilgan.

Matematika fanidan: 
✅ Rajabboyev Lazizbek - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi, 11-sinf o'quvchisi, birinchi saralash bosqichi 1-o‘rin sohibi;
✅ Otamurodov Nurmuhammad - Buxoro viloyati, Olot tumani, 31-IDUM, 9-sinf o'quvchisi, birinchi saralash bosqichi 2-o‘rin sohibi;
✅ Rajabov Diyorbek - Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 5-IDUM, 11-sinf o'quvchisi, birinchi saralash bosqichi 3-o‘rin sohibi;

Fizika fanidan: 
✅ Xasanjonova Madinabonu - Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S.Sirojiddinov akademik litseyi, 2-bosqich o'quvchisi, birinchi saralash bosqichi 1-o‘rin sohibi;
✅ Mamasodiqov Xumoyunshox - Andijon viloyati, Asaka tumani, 24-IDUM, 11-sinf o'quvchisi, birinchi saralash bosqichi 2-o‘rin sohibi;

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan: 
✅ Kim Svyatoslav - Toshkent shahri, Xalqaro Westminster universiteti akademik litseyi, 2-bosqich o'quvchisi, birinchi saralash bosqichi 1-o‘rin sohibi;
✅ Khujayev Dilshodbek - Toshkent shahri, AFIDUM, 10-sinf o'quvchisi, birinchi saralash bosqichi 2-o‘rin sohibi;

‼️Eslatib o‘tamiz 2021-yilda 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 56 nafar O‘zbekistonlik o‘quvchilar ishtirok etib 1 ta oltin🥇,  2 ta kumush🥈 va 10 ta bronza🥉 medallarni qo‘lga kiritgan edilar. Bu yilgi olimpiadada ixtiyoriy ravishda terma jamoadan tashqari 100 dan ortiq O‘zbekistonlik o‘quvchilar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz. 🤲

Batafsil:👉 https://izho.kz

 (https://izho.kz/)🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep