TO‘XTAMUROD JUMAYEV NOMIDAGI MATEMATIKA OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI
TO‘XTAMUROD JUMAYEV NOMIDAGI MATEMATIKA OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent shahrida To‘xtamurod Jumayev nomidagi matematika olimpiadasi ilk bor o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning turli viloyatlaridan 1000 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan javoblar xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari va ishtirokchilaridan iborat bo‘lgan tajribali hakamlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Sinf 1-o‘rin 2-o‘rin 3-o‘rin 5-6-7-sinflar o‘rtasida Yusufjon Ortiqov O‘lmas Xudoyberdiyev 8-9-sinflar o‘rtasida Anvarbek Rahmatov Iskandar Bo‘riyev Muhammadrizo Majidov 10-11-sinflar o‘rtasida Doniyor Ismoilov Ibrohim Mirg‘iyosov Eldor Neymatov Shu bilan birga, 5-6-7-sinflar o‘rtasida Shohruh Valerov, 8-9-sinflar o‘rtasida Jasurbek Ruziboyev va 10-11-sinflar o‘rtasida esa Abror Bo‘tayevlar rag‘batlantiruvchi nominatsiyalarda g‘olib deb topildi.
Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Departamenti tashabbusi bilan Xalq ta’limi vazirligi va “Qorako‘l Ziyo” o‘quv markazi hamkorligida tashkil etildi.
Olimpiada Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi 34-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Olimpiada mamlakatimiz umumta’lim maktablarining 5-6-7-sinflari, 8-9-sinflari, 10-11-sinflari hamda akademik litseylarning 1-2-bosqich va kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida alohida 3 ta yo‘nalishda o‘tkazildi. Ishtirokchilarga 3 soat ichida 6 ta masalani yechish topshirildi.
Olimpiada uchun topshiriqlar (yozma ishlar) davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga mos ravishda Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti va “Qorako‘l Ziyo” o‘quv markazi hamkorligida tuzildi.
3 ta yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin g‘oliblari televizor, 2-o‘rin g‘oliblari planshet, 3-o‘rin g‘oliblari smartfon kabi mukofotlar bilan rag‘batlantirildi.
G‘oliblar ro‘yxati
Nurmuhammad Otamurodov
To‘xtamurod Jumayev ko‘p yillar davomida matematika o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan. 1990-2015 yillarda Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internati direktori vazifasida ishlagan.
To‘xtamurod Jumayev tashkil qilgan Qorako‘l maktabida o‘ziga xos ta’lim olish tizimi joriy qilingan. Natijada maktab o‘quvchilarining 90%i oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan.
Bundan tashqari, ushbu maktab o‘quvchilari matematika fanidan Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, ko‘plab medallarni qo‘lga kiritgan. Hozirgi kunga qadar matematika olimpiadasida qo‘lga kiritilgan medallar soni 36 tani tashkil etadi. Shulardan 23 tasi Jumayev maktabi o‘quvchilariga taqdim etilgan.
Qorako‘l maktabining matematika sohasidagi yutuqlari, qolaversa maktabni bitirgan yoshlarning bugungi kunda davlatimizning turli sohalarida yuqori malakali kadrlari qatorida samarali faoliyat olib borayotgani ham bevosita bu insonning tinimsiz mehnati, fidoyiligi mahsulidir.