Ayni vaqtda Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Assessment Test Markazida taqdim etilgan yangi texnologiyalar sharoiti yordamida shaffof jarayon ta'minlangan.

Bosqich O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti hamda Bilim va ko'nikmalarni baholash markazi hamkorligida o'tkazilmoqda.

Quyidagi havola orqali Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo'lib o'tayotgan saralash olimpiadasining natijalarini onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/zdi-rsqc-adk