Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi nazorat materiallari va baholanishi haqida

🔹Nazorat materiallari quyidagi shaklda beriladi:

✅Fizika fanidan – yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib, har bir topshiriq qiyinlik darajasiga ko‘ra turlicha ball bilan baholanadi, barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi;

✅Matematika fanidan – yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta masala berilib, har bir masala qiyinlik darajasiga ko‘ra turlicha ball bilan baholanadi, barcha masalalar umumiy 50 ball bilan baholanadi;

✅Kimyo fanidan – yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib, har bir topshiriq qiyinlik darajasiga ko‘ra turlicha ball bilan baholanadi, barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi;

✅Biologiya fanidan – yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib, har bir topshiriq qiyinlik darajasiga ko‘ra turlicha ball bilan baholanadi, barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi;

✅Informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiada onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 7 ta masala berilib, har bir masala qiyinlik darajasiga ko‘ra turlicha ball bilan baholanadi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida qabul qilingan barcha masalalar umumiy 100 ball bilan baholanadi. Bir xil ball to‘plagan ishtirokchilarning reytingi jarima vaqtini hisobga olish orqali aniqlanadi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat  C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

🔹Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:
✅biologiya fanidan – 12 nafar;
✅kimyo fanidan – 12 nafar;
✅informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 12 nafar;
✅fizika fanidan – 15 nafar;
✅matematika fanidan – 18 nafar o‘quvchilar saralashning uchinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

❗️Saralash bosqichi 2022-yil fevral oyining dastlabki 10 kunligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aniq sanalar bo‘yicha ma'lumotlar kanalimizda e'lon qilinadi.

 

🔹6-fevral - informatika va axborot texnologiyalari

🔹9-fevral - biologiya va kimyo 

🔹11-fevral - matematika va fizika fanlaridan bitta turda A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida  o‘tkaziladi.

🔹Saralash olimpiadasi topshiriqlarini bajarish uchun: matematika, kimyo, biologiya, fizika fanlariga 4 soat, informatika va axborot texnologiyalari faniga 5 soat vaqt ajratiladi;

🔰matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan yuqoridagi kvotalar asosida  so'ngi o‘ringa (mos ravishda 18, 15, 12, 12 o‘rinlar) davogar bir nechta ishtirokchilarning to‘plagan ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, berilgan topshiriqlarning yuqori ball beradigan topshiriq bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi;

❗️Har bir topshiriq bo‘yicha ham ballar teng bo‘lgan taqdirda o‘quvchilarga hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha 3 ta ochiq test (javobi yoziladigan) beriladi va g‘olib aniqlanadi.

🔰Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 12-o‘rindagi bir necha ishtirokchilarning to‘plagan ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, hakamlar hay’ati tomonidan shu o‘quvchilarning masala ishlashga sarflagan jarima vaqtlari tizimda tekshiriladi hamda kam jarima olgan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep