ONLAYN OLIMPIADA GʻOLIBLARIGA XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING QIMMATBAHO SOVGʻALARI TOPSHIRILMOQDA

🔹Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchilarning qishki ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida joriy yilning 6-10-yanvar kunlari matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan onlayn olimpiada bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu olimpiada g‘oliblariga xalq ta‘limi vazirligi sovg‘alari topshirilmoqda.