Xalq ta’limi vazirligi tomonidan matematika o‘qituvchilari o‘rtasida olimpiada tashkil etilgan edi, olimpiadaning yakuniy bosqichi 22-25-dekabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkaziladi.

✅Olimpiadani o‘tkazishdan asosiy maqsad ta’lim muassasalarining pedagog-o‘qituvchilari orasidan matematika fani bo‘yicha ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor pedagoglarni aniqlash, ulardagi qobiliyatlar, kasbiy mahoratni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

✅Endilikda ushbu olimpiadaning yakuniy bosqichi joriy yilning 22-25-dekabr kunlari Buxoro viloyatida joylashgan Qorako‘l Xalqaro matematika maktabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘qituvchilar olimpiadasining birinchi bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 70 nafar o‘qituvchilarimizning barchasiga olimpiadaning yakuniy bosqichida  omad tilab qolamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep