Xabaringiz bor Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) bo‘lib o‘tdi va ushbu olimpiadaning yakuniy natijalari e'lon qilindi.

🔰Mazkur 18-IJSO olimpiadasi natijalari bilan tanishing:
✅Maxmudov Abdullox Alisher o‘g‘li - 🥉bronza medal (Toshkent shahri, 81-IDUM o‘quvchisi)
✅Boxodirov Axror Mardonbekovich -🥉bronza medal   (Toshkent shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktab-internati o‘quvchisi)
✅Xakimova Shaxzoda Baxriddin qizi -🥉bronza medal   (Toshkent shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktab-internati o‘quvchisi)
✅Dilmurodov Sohibjon Farhodjon o‘g‘li -🥉bronza medal   (Toshkent shahri, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi)

🔰O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 2019-yil ishtirok etib, bitta bronza medalini qo’lga kiritgan edi. Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yoshlarimiz 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep