18-Xalqaro o'smirlar tabiiy fanlar olimpiadasi (International Junior Science olympiad, #IJSO) ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

18-Xalqaro o'smirlar tabiiy fanlar olimpiadasi (International Junior Science olympiad, #IJSO) ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Ochilish marosimini quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin. 👉https://youtu.be/_ptyUx5UQ0s

Joriy yilning 12-21 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) o’tkazilishi rejalastirilgan. Xalqaro olimpiadada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchi yoshlarning kompleks bilimlarini sinashga va dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan. 

🔰Xalqaro olimpiada tashkilotchilari tomonidan bu yilgi 18-olimpiada gibrid formatda, ya’ni har bir ishtirokchi davlatdan bir nafar terma jamoa rahbari bevosita qatnashadi, terma jamoa a’zolari hamda 2 nafar terma jamoa rahbari esa onlayn shaklda ishtirok etishi belgilangan.

🔰18-O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 70 ga yaqin davlatidan jami 400 nafar ishtirokchi o’quvchilar, 500 nafar jamoa rahbarlari va kuzatuvchilar ishtirok etmoqda. 

🔰Mazkur Xalqaro olimpiada 3 ta turda o’tkaziladi: 
✅birinchi turda ishtirokchilarga 30 ta test topshiriq;
✅ikkinchi turda 5 ta nazariy topshiriq;
✅uchinchi turda tabiiy fanlardan amaliy topshiriqlar beriladi.

🔰Mazkur xalqaro olimpiadaga ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini saralash joriy yilning 18 sentabr kuni Farg‘ona shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.
✅Maxmudov Abdullox Alisher o‘g‘li (Toshkent shahri, 81-IDUM o‘quvchisi)
✅Boxodirov Axror Mardonbekovich (Toshkent shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktab-internati o‘quvchisi)
✅Norbutayev Alibek Ulug‘bek o‘g‘li (Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUM o‘quvchisi)
✅Raximov Daler Raxmonovich (Buxoro viloyati, Buxoro shahri, 35-maktab o‘quvchisi)
✅Xakimova Shaxzoda Baxriddin qizi (Toshkent shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktab-internati o‘quvchisi)
✅Dilmurodov Sohibjon Farhodjon o‘g‘li (Toshkent shahri, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi)

🔰O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 2019-yil ishtirok etib, bitta bronza medalini qo’lga kiritgan. Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep