"Konstitutsiya-bosh qomusimiz" deb nomlangan onlayn olimpiada

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag‘ishlab "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda. 
Shu munosabat bilan 7-sinf hamda 9-sinf o‘quvchilari uchun ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etish imkoniyati mavjud. 
7-sinf o‘quvchilari uchun 2021-yil 7-dekabr;
9-sinf o‘quvchilari uchun 2021-yil 8-dekabr kunlari soat 18:00 dan 21:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi. 

📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi. 📈🔖

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn
 (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn)Ro'yxatdan o'tgan o'quvchilar o'zlarining ta'lim muassasalari tomonidan tizimda tasdiqlanishlari kerak. 

⭕️Tizimdan oldin ro'yxatdan o‘tgan lekin hozirda login parolini eslay olmayotganlar o‘z ta'lim muassasalariga murojaat qilib login parollarini bilib olishlari mumkin. 

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep