Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichiga start berildi

Mazkur olimpiada umumta’lim fanlaridan birinchi guruh fanlari nufuzli xalqaro olimpiadalar tashkil qilinadigan matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika bo‘yicha o‘tkaziladi.

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadigan sinovlar 2 turda, ya’ni yozma ish va test, faqat informatika fanidan dasturlashga oid amaliy topshiriqlar asosida tashkil etiladi.

Asosiy fan olimpiadasining III bosqichi natijalariga ko‘ra sinflar kesimida 1-5-o‘rinni egallagan o‘quvchilar 30 noyabr kuni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasini saralashning birinchi bosqichida qatnashadi. 
 

BATAFSIL: https://bit.ly/3l3JWgT